SULEYMANOVA ZULFIYA MINMNIROVNA

     “Hujjatlarga ilmiy ma`lumot berish va metodik ishlar bo`limi” bo’lim mudiri

          (71) 277-55-89 

          E-mail.: info@kinofotofono.uz www.kinofotofono.uz             

 

 

Hujjatlarga ilmiy ma`lumot berish va metodik ishlar bo`limi O`zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arhivining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arhivining Hujjatlarga ilmiy ma`lumot berish va metodik ishlar bo`limi o`z ish faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O`zbekiston Respublikasi OliyMajlisining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, "O`zarhiv" agentligining farmoyishlari, buyruqlari va ko`rsatmalari shuinigdek tegishli me``yoriy huquqiy hujjatlar asosida ish olib boradi.

 

Asosiy vazifalari:

O`zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arhivining Hujjatlarga ilmiy ma`lumot berish va metodik ishlar bo`limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.

O’zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arhivining ilmiy-ma`lumot apparati va ahborot-ma``lumotnoma fondini takomillashtirish va uslubiy ishlarni olib boorish bo’yicha ishlar majmuini tashkil qiladi.

Funksiyalari:

O’zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arhivi hujjatlarining ilmiy-ma``lumotnoma apparatini sistemasini rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlash;

Arxivda saqlanayotgan Milliy Arhiv Fondining (MAF) kinofotofono hujjatlariga ilmiy-ma``lumotnoma apparatini yaratish va ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish;

Hujjatlarni kataloglashtirish va ularning ro’yhatlarini qayta ishlash, takomillashtirish ishlarini tashkil qilish va olib borish;

Ilmiy-ma``lumotnoma apparatini takomillashtirish rejalarini tuzish: bo’limning ish rejalarini tuzish va uning faoliyati haqida hisobotlar tayyorlash;

Arxiv hujjatlari tarkibi haqidagi axborot ma``lumotnoma, yo’lko’rsatkichlar, hujjatlar haqida umumiy ma`lumot tayyorlash;

Kataloglar haqida qisqacha ma``lumot, ma``lumotnomalar ro’yhati, ro’yhatlar va boshqa ilmiy-ahborot tavsifiga ega bo’lgan hujjatlarni nashrdan chiqarishga tayyorlash;  

Arxiv hujjatlarini ahborotlashtirish uslublari va usullarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-axborot nashrlarni e`lon qilishga tayyorlash rejalari, tirijlari va e`lon qilinayotgan axborot hajmini ishlab chiqish;

Bo’lim faoliyatiga oid masalalari yuzasidan rahbariyat, MITYEK, YEK, va "O’zarhiv" agentligining Ilmiy Kengashida ko’rib chiqish uchun ma`lumotlar tayyorlash;