YUNESKO-ning qarori bilan 27 oktyabr kuni Butunjahon audiovizual meros kuni deb eʼlon qilingan. Xabardorlikni oshirish ahamiyati va saqlanib qolish lozim bo‘lgan yozilgan ovoz va audiovizual hujjatlar (filmlar, ovozli va video yozuvlar, radio va televizion dasturlar) juda muhim meros hisoblanadi. Ko‘plab mamlakatlarda milliy va mintaqaviy ovozli va kino arxivlari, radioeshittirishlar, muzeylar va kutubxonalar, yirik audiovizual uyushmalar, shu jumladan Harakatlanuvchi arxivchilar assotsiatsiyasi (AMIA), Arxivlar bo‘yicha xalqaro kengash (ICA), Ovozli va audiovizual arxivlarning xalqaro assotsiatsiyasi (IASA) va Xalqaro kino arxivlari federatsiyasi (FIAF) mazkur merosni saqlovchi muasssasalar hisobiga kiradi. Ushbu kun masalalari bo‘yicha O‘zbekiston kinofotofono hujjatlar milliy arxivida tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda, o‘zbek jurnalistikasining piru-ustozi Shahnoza G‘aniyeva o‘z tabriklari bilan ishtirok etdi.

 


 

 


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati