O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida joriy yil 26 mart kuni teatr va kino aktrisasi SSSR Xalq artisti Sora Eshonto‘rayeva xotirasiga bag‘ishlangan “Armonim yo‘q” nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek teatrining to‘ng‘ich avlodi vakillari, ustoz sanʼatkorlar Abror Hidoyatov va Sora Eshonto‘rayevalarning oilaviy albomlari, afishalar, kartinalar, teatr kiyim va anjomlari, musiqa asboblari, audio va videomateriallar bilan bir qatorda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi manbalari ham namoyish qilindi. Ko‘rgazmada ishida O‘zbek Milliy akademik drama teatri, O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti instituti, xorijiy davlatlarning elchixonalari hamda diplomatik vakolatxonalari va boshqa manfaatdor idoralarning vakillari ishtirok etdilar. Ko‘rgazmaning g‘oyasi va tashkilotchisi SSSR hal artisti Sora Eshonto‘rayevaning nabirasi Nodira Hidoyatovadir. Ko‘rgazma o‘z ishlarini 2022 yil 7 aprelgacha davom ettiradi. 

 


 

 

 


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati