Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida anʼanaviy “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida joriy yilning 6-11-mart kunlari “Oʻzbekiston xotin-qizlari taʼlim sohasida” II respublika fotokoʻrgazmasini tashkil etmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 6-mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.
Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.


????Fotoko'rgazma 11-martgacha davom etadi.


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati