30 yanvar 2017 yilda Toshkent shahar davlat arxivining Uchtepa tumanlararo filiali (Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Istirohat ko‘chasi, 14 uy) binosida “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari D.L.Kucharova tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul 2017 yil “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2017 yil I yarim yilligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali ijrosi asosida tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi murojaatlar yuzasidan jismoniy shaxslar qabul qilindi. Qabulda Toshkent shahar AIHB boshlig‘i A.Mahkamov va Toshkent shahar davlat arxivi direktori F.Dadayevlar ham ishtirok etdilar.