#Kun_yangiligi
#Kinofotofono_uz

Bugun, 2021 yilning 26 mart sanasida “Mahalla - jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdoni ko‘zgusi” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash xaftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼrifiy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan “O‘zarxiv” agentligining 2021 yil 16 martdagi chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahar Uchtepa tumani “Qor yog’di” M.F.Y da Toshkent shahri va viloyat markazlarida o‘tkaziladigan Navro‘z milliy bayrami tantanalarida Navro‘zning tarixi va azaliy qadriyatlarini o’zida aks ettiruvchi 1989 yilda sur’atga olingan "Когда приходит Навруз" nomli hujjatli film va “Bir kelib keting arxivimizga” shiori ostidagi qiziqarli arxiv foto hujjatlar ko‘rgazmalari namoyish etildi.
 Tadbirda mahalla faollari ishtirok etdilar va ko’rgazmalarni tomosha qilish vaqtida o’zlariga olam-olam ma’lumot oldilar. 
Azizlar, bizni ijtimoiy tarmoqlarda muntazam kuzatib boring! Balki, keyingi chorlov aynan Sizning mahallangizda bo’lib o’tar )))
 
O‘z KFFH MA Axborot xizmati