Aynan shunday nom bilan joriy yil 17 yanvarda Belorus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”da ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi. 

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, Belorus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”, Belorus Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

“O‘zarxiv” agentligi tomonidan taqdim etilgan fotohujjatlar o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qo‘shgan xissasini aks ettiradi.

O‘zbekistoning deyarli 2 000 000 aholisi urushda ishtirok etgan, 538 000 dan ziyodi frontdan qaytmagan, 158 000 dan ziyodi bedarak yo‘qolgan.

Minglab o‘zbek jangchilari orden va medallar bilan taqdirlanganlar, 300 dan ziyodi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni sazovor bo‘lganlar.

Ko‘rgazma o‘z ishini 2023 yil 5 martga qadar davom ettiradi.

 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati