O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi

“Hujjatlardan foydalanish” bo‘limi


            Hujjatlardan foydalanish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining tarkibiy bo‘linmasidir. 

 Mazkur bo‘limi o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining yo‘riqnomalari qoidalari, buyruqlari va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivida kinofotofono hujjatlar va videofonogrammalar bilan ishlashning asosiy qoidalari va mazkur Nizomga amal qiladi. 



Asosiy vazifalari:


          O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi hujjatlardan foydalanish bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

        - Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy ma’rifiy maqsadlarida hujjatlardan foydalanish va nashr etish bo‘yicha arxiv ishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;

        - Arxiv hujjatlaridan har tomonlama oqilona foydalanish va nashr etishni tashkil qilish;
        - O‘zbekiston Respublikasida arxiv hujjatlaridan foydalanishda joriy qonun qoidalariga rioya etish;

        - Jismoniy va yuridik shaxslarga ijtimoiy huquqiy mazmundagi so‘rovlar bilan bog‘liq arxiv ma’lumotnomalarini tayyorlash;

       - my.gov.uz dan tushgan murojaatlar bilan ishlash;

       - interaktiv so‘rovlarni o‘rnatilgan tartibda bajarish;

       - jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini o‘rnatilgan tartibda tashkil etish;


       - maqolalar chop etish, radioeshittirishlar, teleko‘rsatuvlar, ko‘rgazmalar tashkil etish.

Funksiyalari:


- Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy ma’rifiy maqsadlarida hujjatlardan foydalanish va nashr etish bo‘yicha arxiv ishining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqish;

- Arxiv hujjatlaridan foydalanish va nashr etish bo‘yicha arxiv ishini rivojlantirish yillik rejalar loihalarini ishlab chiqish; rejalarni bajarish haqida hisobotlarni tuzish; rejali va rejadan tashqari topshiriqlar bajarilishi ustidan hisobot yuritish va taxlil qilish;

- Arxiv hujjatlaridan foydalanish va nashr etish bo‘yicha ilmiy, madaniy muassasalar va boshqa qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar tashkil etish;

- Direksiya yig‘ilishlari, ekspert tekshiruv va uslubiy komissiya, mehnatni ilmiy tashkil etish komissiyasida ko‘rib chiqish uchun bo‘lim yo‘nalishiga oid masalalar bo‘yicha ma’lumotli hujjatlarni tayyorlash va ishtirok etish;

- Ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etish, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy maqsadlarida hujjatlardan foydalanish uchun qiziqish bildirgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarni arxiv hujjatlari haqida xabardor etish;

- Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy tashkilotlar va chet el fuqarolarining shu qatorda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda bajarish;

- O‘rnatilgan tartibda kinofotofono hujjatlarini foydalanuvchilarga arxiv binosida foydalanish uchun o‘rnatilgan tartibda taqdim qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlariga binoan arxiv tomonidan tayyorlangan kinofotofono hujjatlar nusxalarini berish;

- Jismoniy va yuridik shaxslar shaxslarning so‘rovlariga binoan pullik xizmatlar ko‘rsatish, arxiv tomonidan ko‘rsatiladgan xizmat turlarini reklama qilish;

- Ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye) yordamida arxiv xujjatlaridan foydalanish;
- Arxiv hujjatlari asosida mavzuli ro‘yxatlarni tayyorlash;

- Arxivning ilmiy ma’lumot apparat tizimini takomillashtirilishda ishtirok etish, tezkor foydalanish uchun qo‘shimcha ma’lumotnomalarni tuzish;     

 - Arxiv hujjatlari asosida boshqa tashkilotlar bilan xamkorlikda ko‘rgazmalar tashkil etish;

- Arxiv binosida ekskursiyalar tashkil etish, ijodiy va ilmiy uchrashuvlarda, davra suxbatlarida, seminar va konferensiyalarda arxiv hujjatlarini namoyish etish orqali ishtirok etish;

- Arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilari bilan ish tashkil etish,

ularga kerakli yo‘llanmalar berish;

- Foydalanuvchilarning arxiv kataloglari, montaj varaqlari bilan hamda kinozalda ishlashi ustidan nazorat olib borish;

- Hujjatli ma’lumotlarga bo‘lgan ommaviy extiyojlarni va arxiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish;

- Bo‘lim tomonidan bajariladigan ishlar turlariga vaqt va ishlab chiqarish amaldagi meyorlarini aniqlash va ishlab chiqish;

- Bo‘lim xodimlarining malakasini oshirish, respublikasi arxivchi xodimlar malakasini oshirish turli shakllarida ishtirok etish.

Huquqlari:
- Arxiv hujjatlaridan foydalanishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha xabar berish

- O‘z vazifalarini bajarish uchun kerakli ma’lumotlarni arxivning boshqa tarkibiy bo‘limlaridan so‘rab olish;

- O‘z faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari bilan hamkorlikda ish tashkil etish, O‘z R KFFH MDA va “O‘zarxiv” agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lim faoliyatiga oid majlislarda ishtirok etish.


 Bo‘lim quyidagi xizmatlarni bajaradi:

- arxivda saqlanayotgan kinofotofono hujjatlar xaqida ma’lumot berish;

- tadqiqotchilar o‘rganishi va ishi uchun kinofotofono hujjatlarni taqdim etish;

- kinofotofono hujjatlarni elektron diskga ko‘chirib berish;

- surat va ovozli hujjatlar nusxalarini tayyorlash;

- fotoko‘rgazma va stendlarni tashkil etish;

- mavzuli so‘rovlarni ijro etish;

- fotoalbomlar tayyorlash;

- arxiv bo‘yicha umumiy va mavzuli ekskursiyalarni tashkil etish.