O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 128-oʻrta umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun  “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida arxivning noyob hujjatlari asosida koʻrgazma tashkillashtirdi.

14-yanvar — “Vatan himoyachilar kuni” hamda  Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilishi tarixini yoritivchi, arxivning noyob hujjatlar asosida tashkillashtirilgan koʻrgazmada arxiv xodimlari mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bilan interaktiv davra suhbati o‘tkazdi. Suhbat so‘ngida arxiv fondida saqlanayotgan kinohujjat namoyish etildi.

 

 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati