Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tashkil etildi. 60 dan ortiq vazirlik va idoralar Konstitutsiyaga oid o‘z maxsulotlari bilan ishtirok etgan mazkur tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi tizimidagi milliy arxivlar saqlovidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarixiga oid arxiv va foto hujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Mazkur ko‘rgazmada 100 ga yaqin hujjatlar namoyish etilib, jamoatchilikka 10 dan ortiq ilk marotaba fotohujjatlar taqdim etildi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati