#Navoiyning_583_yilligi

9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlab "Adabiyot gulshaniga sayr" mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. 

Tadbirda xalq ardog‘idagi taniqli sa'nat vakillari Aleksandr Bekjanov, Aziz Latipovlar tashrif buyurishdi va o‘z fikr mulohazalari bilan ishtirok etishdi. Arxivimiz xodimlari tomonidan  Navoiy hayoti va ijodi haqidagi sahna ko‘rinishlari, Bobur va Navoiy  g'azallarini ijro etildi.
 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati