2023-yil 26-oktabrda O‘zbekiston Milliy arxivida “Akademik Galina Anatolevna Pugachenkovaning (1915-2007) shaxsiy arxiv hujjatlarini davlat saqloviga topshirish” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi va  O‘zbekiston KFFH MA xodimlari, Fransiya elchixonasi, Shveytsariya elchixonasi rahbar xodimlari, tarixchi olimlar, arxivchilar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda G.A. Pugachenkova hayoti va faoliyatiga oid arxivimizning fotohujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va “Akademik Galina Anatolevna Pugachenkova” nomli hujjatli film namoyish etildi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati