Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.Mahkamov boshchiligida uchrashuv oʻtkazilib, arxiv tomonidan loyiha doirasida tayyorlangan (kelishilgan) arxiv materiallar mazmun-mohiyati bilan V.Alskan tanishtirildi.

Ayni paytda, arxiv faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida foto-fono-kino hujjatlari saqlovxonalari, arxiv binosi va kabinetlari ish jarayonlari boʻylab ekskursiya tashkil etilmoqda.


Manba : Kinofotofono Milliy arxivi Axborot xizmati