A.Navoiy nomidagi Akademik opera va balet teatri (1933-1948yy.), O‘rta Osiyo Markaziy kutubxonasi (1934y.), Samarqand Hukumat uyi (1929-1930yy.) va boshqa ko‘plab binolarning qurilish arxitektori bo‘lgan A.Shusev tavalludining 150 yilligini keng nishonlash maqsadida “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va Rossiya Federatsiyasining Madaniyat ishlari vazirligi, Moskva shahridagi A.Shusev nomidagi arxitektura ilmiy-tadqiqot davlat muzeyi bilan o‘zaro hamkorlikda joriy yilning noyabr oyida bir qator tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivida A.Shusev nomidagi arxitektura ilmiy-tadqiqot davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Polina Pokladok buyuk rus arxitektori A.Shusevning O‘zbekistondagi mehnat faoliyatini arxiv hujjatlari asosida aniqlash va fotoko‘rgazma tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati