Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘.Urazova ishtirok etib, rahbar ayollarning zamonaviy menejment, ijtimoiy, siyosiy faollik, gender masalalari va qonunchilik haqidagi tajribalarini orttirishga qaratilgan treninglar olib bordi. 

Seminarda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga to‘siq bo‘layotgan holatlar, siyosiy faollikka qaratilgan qonunchilik imkoniyatlari yurtimizda ayollar va erkaklar tengligini taʼminlashga qaratilgan keng imkoniyatlar tushuntirildi.

Seminar yakuni bo‘yicha eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati