2022 yil 20-21-sentabr kunlari Samarqand shahrida MDX mamlakatlari-davlat arxiv idoralari raxbarlari Maslahat Kengashining 19- yig'ilishi va “Arxivlar va elektron hujjatlar: davr talabi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi. Tadbirlar doirasida O'zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi 80 yillik yubileyi  nishonlandi, jumladan Samarqand viloyati matbuot uyida “O`zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxiv – 80 yil” kitob- albo`mining taqdimot marosimi,  Xalqaro konferensiyaning plenar yig`ilishida arxivda suratga olingan “Mangu lahzalar” hujjatli filmi namoyishi qilindi, arxiv fondlari foto hujjatlari asosida “Xalqlar do`stligi – mangudir” va “Xudoybergan Devonov – Birinchi o`zbek fotografi va kinooperatori” mavzusida fotoko`rgazmasi tashkil etildi. Tadbirlarda O'zbekiston KFF MA delegatsiyasi ishtirokchilar ma'ruzalari bilan faol ishtirok etishdi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati