Oʼzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga Oʼzbekiston siyosiy partiyasi yoʼlboshchisi va davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovning (1917-1983yy.) qalamiga mansub sheʼrlar asosida yaratilgan qoʼshiqlar va musiqiy fonohujjatlar davlat saqloviga kelib tushdi. Jami 8 fonohujjatlar turli yillarda va bir necha ijodkorlar tomonidan yaratilgan boʼlib, ularda asosan vatan tuygʼusi, doʼstlar matonati va sehrli muhabbat tarannum etilgandir. 

Eslatib oʼtamiz, yozuvchi sifatida Sh. Rashidovning ijodi XX asrning 30-yillari ikkinchi yarmida boshlangan. U dastlab sheʼriyatda qalam tebratib, «Samarqand kuylari» nomi bilan birinchi sheʼriy toʼplamini eʼlon qilgan. 

Elektron shakldagi fonohujjatlar Sharof Rashidov nomli Xalqaro xayriya fondi tomonidan arxivga taqdim etildi.

 

 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati