Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi binosida birinchi o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy xotirasiga bag‘ishlangan “Muxtor Ashrafiy dunyosi” ma’rifiy xotira tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda “Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodi” va “Muxtor Ashrafiy kompozitor, dirijor, pedagog” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob mualliflari buyuk kompozitor haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar, konservatoriya professor-o‘qituvchilari va talabalari kompozitor repertuaridan musiqa ijro etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi direktori Alijon Mahkamov arxivda saqlanayotgan bastakor M.Ashrafiy hayoti va ijodiga oid audiovizual meros ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati