Mazkur arxiv faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish,  hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston-Germaniya Respublikalari o‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida kinoxronikalar namoyishi va “Nemis shoiri Genrix Geyne ijodi haqida” mavzusida bosma adabiyotlar va fotoko‘rgazmasi o‘tkazildi. 

Ekskursiya va fotoko‘rgazma tashrif buyurgan mehmonlarda katta taassurotlar uyg‘otdi.

Shuningdek, ekskursiya yakunida muhokama va munozaralar, savol-javoblar tashkil etildi hamda ishtirokchilarga esdalik  sovg‘alari taqdim etildi.


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati