2021 yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti  tarix fakulteti “Antropologiya va etnologiya” yo‘nalishining talabalari uchun maxsus ekskursiya tashkil etildi.
 

Ekskursiya davomida talabalarga arxiv faoliyati va hujjatlar saqlovxonalari tanishtirildi. Ekskursiya so‘nggida arxiv kinozalida XX asr boshlarida suratga olingan tarixiy hujjatli film namoyish etildi.


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati