O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi fonoteka saqlovxonasiga buyuk ingliz yozuvchisi V.Shekspir (1564-1616 yy.) qalamiga mansub “Otello” asarining Hamza nomli akademik drama teatri spektakli montaji asosidagi 2 ta gramplastinkasi saqlovga qabul qilindi.

 Gramplastinka egasi, spektakldagi Otello roli ijrochisi marhum buyuk o‘zbek sahna ustasi, akter Abror Hidoyatovning nevarasi Nodira Hidoyatova tomonidan tuhfa qilindi. 


Mazkur gramplastinka 40 yildan ortiq sanʼatkor Hidoyatovlar oilaviy arxivida saqlanib kelingan edi va arxivning AKT mutaxassisi D.Kim tomonidan raqamlashtirilgan elektron nusxasi yaratildi.







Manba : О‘z KFFH MA Axborot xizmati