Hozirgi davrda xattotlik ishi mahsulotlari o‘zining nafisligi bilan san’at asari darajasiga yetganligi barchaga ma’lumdir. O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi binosida xattot ustalarning “Xattotlik san’ati ko‘rgazmasi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xorijlik tashkilotchilar Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, “Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi” (TIKA), “Albayrak Xolding” kabi hamkor tashkilotlar tomonidan Turkiyadagi mashhur xattot ustalarning asarlari namoyish etildi. Asarlar o‘zbek, turk va boshqa sharq tillarida, arab imlosida bitilgan tarixiy va zamonaviy falsafiy-diniy aqidalarni o‘zida mujassam etgan.    Ko‘rgazmada xorijiy-diplomatik vakolatxonalar, vazirliklar va idoralarning vakillari, shuningdek TIKA ning taklifiga binoan O‘zbekiston Kinofotofono milliy arxivi direktori Alijon Mahkamov ishtirok etdi.

 

 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati