#Muborak_qadamjolar
#Kinofotofono_uz

0-92858, Ismoil Somoniy maqbarasi. Buxoro. 1953 yil.

Eslatib o’tamiz, O‘rta Osiyoda Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan bu tarixiy obida Ismoil Somoniy tomonidan bunyod etilgan. 
Ismoil Somoniy maqbarasi o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan.
Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan.

Mazkur hujjat O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanadi.

O‘z KFFH MA Axborot xizmati