O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida "O‘zarxiv" agentligi tizimidagi arxiv xodimlari tomonidan keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda.


Oylik doirasida bir guruh keksalar va arxivning faxriy xodimlari "Zangiota " ziyoratgohida ziyoratni amalga oshirishdi


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati