Samarqand shaxrida “Arxivlar va raqamli xujjatlar: Davr talabi” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʻtdi. Unda rejissor Navro`za Biynazova tomonidan suratga olingan O`zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivining 80 yillik tarixiga oid “Mangu lahzalar” nomli hujjatli filmning taqdimoti bo`lib o`tdi. Film jahon arxivi jamoatchiligi mutahassislari tomonidan  iliq kutib olindi. Tashrif buyurgan mehmonlar kinoijodkorlarni taqdimot bilan tabriklab, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiga, “Xujjatli va xronika filmlar kinostudiyasiga” o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.                                            Film Ijodkorlari:
Ssenariy muallifi Doniyor G'aniyev
Operator Muhiddin Xaitov
Montajchi Husan Yusupov
Kartina rahbari Anastasiya Xavanskaya 
Badiiy rahbar Ali Hamroev


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati