“O‘zarxiv” agentligida “Olis va chekka mahallalar yoshlari uchun kitob ulashamiz” aksiyasi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston milliy arxivlari, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va davlat arxivlari xodimlari ishtirok etdi. 

Mazkur tashkilotlarda mehnat qilayotgan har bir xodim, o‘zi uchun qadrli bo‘lgan, o‘qib bo‘lgan kitoblarini yoshlarga ulashish maqsadida aksiya to‘plamiga topshirdilar. 

Mazkur aksiyada  to‘plangan 150 dan ziyod badiiy asarlar Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan karvonga qo‘shildi


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati