O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023 yil 27 dekabrdagi 355-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Adliya vazirligi tizimida 2024-yilda o‘tkaziladigan «timbilding» tadbirlari dasturining 4-bandi ijrosi yuzasidan «O‘zarxiv» agentligi tizimidagi xodimlar o‘rtasida “Zakovat” o‘yinlari o‘tkazildi.

O‘yinlarda «O‘zarxiv» agentligi markaziy apparati va O‘zbekiston Milliy arxivlari jamoalari ishtirok etishdi.

Yakunda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati