Hurmatli yurtdoshlar! Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar!

"O‘zarxiv” agentligi Sizni 2022 yil mart oyida “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan “O‘zbek ayoli – o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” mavzusidagi  8 mart –Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan Respublika fotoko‘rgazmasiga taklif etadi.

Fotoko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi 2022 yil 4 mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma bayram kunlari 14 mart kuniga qadar davom etadi.