O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, vazirliklar va idoralar, jumladan “O‘zarxiv” agentligi ishtirokida joriy yil 8-12 noyabr kunlari 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bag‘ishlangan “Zamonaviy amaliy sanʼat: dekor va uslub” deb nomlangan “III Toshkent Halqaro amaliy sanʼat Biyennalesi”tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi hujjatlari asosida “O‘zbekiston amaliy sanʼat tarixi” arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasiga tashkil etildi. Ko‘rgazmani “Toshkent Fotosuratlar uyi” binosida (manzil : Toshkent shahri, Istiqbol ko‘chasi 4 uy.) biyennalening horijiy mehmonlari va ishtirokchilari, xorijiy elchixonalar, arxivlar, manfaatdor tashkilotlar vakillari tomonidan tashrif etmoqdalar.


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati