2021 yil 6 dekabr kuni “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy va amaliy ahamiyati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida bir qator soha xodimlari “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Soha iftixori” ko‘krak nishoni, "Fahriy yorliq" va “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birgalikda uzoq yillar davomida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida ish faoliyatini olib borayotgan G‘ulomov Muxammadraim Maxamadaminovich va Pulatova Dilfuza Maxmudovnalar “O‘zarxiv” agentligining "Fahriy yorliq" va “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandilar.

 


Manba : О‘z KFFH MA Axborot xizmati