Turkiston xalqlari o‘tmishi, o‘zbek va qozoq xalqlarining XIX asr oxiri va  XX asrning 40 yillarigacha yashab ijod qilgan ziyolilarning zulmatli taqdirini yorituvchi “Alashning asl arslonlari” nomli foto va buyumlar Xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida tashkil etildi. 

Tadbirda diplomatik vakolatxonalar, vazirlik va idoralar, muzeylar, teatrlar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi direktori Alijon Mahkamov ishtirok etishdi. 

Xalqaro ko‘rgazma ishi muzey binosida 2023 yil 4-11 - oktabr kunlari davom etadi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati