Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, «O‘zarxiv» agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi.

Ko‘rgazmaga Oliy Majlis palatalari arxivlari, «O‘zarxiv» agentligi tizimidagi O‘zbekiston Milliy arxivi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi 70 dan ortiq arxiv va fotoarxiv hujjatlari taqdim etilgan.

Ko‘rgazma zali 2 qismdan iborat: 
1-qism – 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiya tarixi
2-qism – Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy islohotlari davri

Ko‘rgazma 7-dekabrga qadar davom etadi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati