Qozog'iston Respublikasi Olma-Ota shahrida 2023-yil 18-19-may kunlari «Qozog'iston Respublikasi Milliy arxiv fondining audiovizual hujjatlarini jamlash, saqlash va ulardan foydalanishni ta’minlashdagi dolzarb masalalar» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
 

Qozog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ministrligi xuzuridagi Arxiv ishi va hujjatshunoslikni boshqarish Qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan konferensiya ishida xorijiy davlatlarning arxiv vakillari va O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.V.Mahkamov va katta ilmiy xodim D.A.Kim ishtirok etdilar. 

Anjuman doirasida Qozog'iston Respublikasi Kinofoto va ovozli yozuvlar Markaziy davlat arxivi tashkil etilganligini 80 yilligi bayram tadbiri va arxiv faoliyati bilan yaqindan tanishish tashkil etildi.