????Toshkent shahrining  “G‘alaba bog'i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk G‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan “KO‘P MILLATLI O‘ZBEKISTON XALQINING IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA FRONT VA FRONT ORTIDA KO‘RSATGAN BEQIYOS JASORATI: TARIX, TALQIN, TEXNOLOGIYA” mavzusida III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

????Konferensiyaning yalpi yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Isroil, Niderlandiya, Tatariston va boshqa davlatlar vakillari hamda “O‘zarxiv” agentligi direktor o‘rinbosari Sh.G‘.Sadikovning ma’ruzasi tinglandi.

????Shuningdek, “O‘zarxiv”agentligi tizimidagi milliy arxivlarning rahbar va mutaxassislari yalpi va sho’ba-seksiya ishlarida faol ishtirok etishdi.

 


Manba : O‘z KFFH MA Axborot xizmati