“9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan 2023-yil 9-iyun kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasida mazkur sanaga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.


 Tadbirda taniqli kinorejissyor Rasulov Ibroxim, O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori Alijon Maxkamov hamda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasidan yosh xavaskor talabalar ishtirok etdilar. 


  Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan bayram tabrigi yangradi.  Barcha arxiv xodimlariga esdalik sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, Konservatoriyaning yosh xavaskor san’atkorlarining tadbirdagi ishtiroki esa tadbirni yanada yuqori kayfiyatda o‘tishiga munosib hissa qo‘shdi.

 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati