2023 yil 19-21 sentabr kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosida Kinofotofono xujjatlari milliy arxiv tomonidan “Xudoybergan Devonov – Birinchi o`zbek fotografi va kinoooperatori" va "Xalqlar do`stligi boqiydir" nomli fotokoʻrgazmalari tashkil etildi. Fotoko‘rgazmalar MDH va xorijiy  mamalakatlarning davlat arxiv muassasalari, manfaatdor tashkilotlar vakillari va universitet talabalari tomonidan katta qiziqish bilan ko`rildi. Arxiv direktori A.Mahkamov xalqaro tadbir qatnashchilarini noyob fotolar tarixi bilan bo`yicha ma'lumotlar bilan tanishtirdi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati