Rossiya Federatsiyasining Perm shahri Ijtimoiy-siyosiy tarix davlat arxivi (ПермьГАСПИ) va O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari ilmiy nashrlarda o‘z aksini topmoqda.

O‘zbekiston KFFH MA direktori Alijon Maxkamov Perm shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada onlayn tarzda ishtirok etgan ma’ruzasi to‘plam-kitob shaklida chop etildi. ПермьГАСПИ tomonidan yuborilgan mualliflik nusxa kitoblari “Реформы императора Петра I. Историческое наследие и современность. К 350-летию со дня рождения Императора Петра Великого” va “Подвиг рабочих колонн” (1941-1945 yy.) arxiv manbalari asosida turli davrlarda ikki mamlakatning o‘zaro aloqalari manbashunoslik tahlili bilan ahamiyat kasb etadi.


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati