O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda hujjatli va eksperimental kinematografiyani rivojlantirish dasturi” doirasida xorijiy mamalakatlarning madaniyat muassasalari vakillari uchun ekskursiya o‘tkazildi. 

Ekskursiyada jami 21 nafar yosh ilmiy yo‘nalishdagi kinoijodkor va tadqiqotchilar ishtirok etib, arxivda saqlanayotgan hujjatli kino va uning tarixiga oid audiovizual hujjatlar saqlovi sharoitlari, ularning hisobi va ulardan foydalanish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga arxiv kinozalida O‘zbekiston Respublikasi MAF-ga kiritilgan noyob hujjatli filmlar   namoyish etildi.

 


Manba : O`z KFFH MA Axborot xizmati