O‘zbekiston davlat konservatoriyasida katta   muvaffaqiyat bilan Xalq artisti Botir Zokirovning 85 yilligiga  bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiv xodimlari   U. Akramova hamda Z.Sulaymanova, xorij mamlakatlardan kelgan tadqiqotchi va sanʼatkorlar,  jumladan,   Qozog‘iston, Rossiya, Belarusʼ, Ozarbayjon,  Janubiy  Koreya, Qirg‘iziston, Katarning yirik olimlari, mamlakatimizning darg‘a namoyandalari, buyuk sanʼatkorning ijodiy parvozi va  yuksak  yutuqlarini  guvohi bo‘lgan zamondoshlar ishtirok etdilar. 
Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan bir necha tantanali  tadbirlar, Farrux Zokirov, Gavxar Zokirova, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri va konservatoriya talabalari  tomonidan taqdim etilgan Gala-konsert bilan yakun topdi.